UMAR IBN XATTOB 1 - QISM | УМАР ИБН ХАТТОБ 1 - КИСМ [4K]
Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq - taxminan 584-yil - 644-yil - dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi, hukmronlik yillari 634 - 644, jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan, „Xulafa ur-Roshidun“ „Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“ nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammad SAV ning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir ul-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad SAV ning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.Umar ibn Xattobdan soʻng Usman ibn Affon moʻminlarga amir boʻladi.
MovaApps kino katalogi